25 mar 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Xabib - Fergyuson jangining yangi manzili yuzasidan muzokara olib bormoqda
Jurnalist Stiven Marrokkoning aytishicha, UFC 249 turniri AQSHda o'tkazilishi mumkin.
Uning so'zlariga ko'ra, UFC Floridada turnir o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda. Ehtimoliy mezbon shaharlar ro'yxatida Orlando, Tampa va Jeksonvill bor.
Avvalroq promoushen prezidenti Dana Uayt UFC 249 turnirini tashkil etish uchun joy topgani haqida malum qilgandi. O'sha kechaning asosiy jangida Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilaadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur turnirda hamyurtimiz Mahmud Muradov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazishi kerak.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar