21 dek 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Yilning so'nggi turnirida markaziy jang yakunlandi, unda "Koreyalik zombi" oktagonga chiqdi
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida 2019 yildagi so'nggi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 165 kechasining markaziy jangida «Koreyalik Zombi» CHen Son Jung Frenki Edgarga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raundga mo'ljallangan bahsning birinchi raunddayoq jang yakunlandi. Bahs boshlanishi bilan CHen raqibiga birin-ketin kuchli zarbalar yo'lladi va buning oqibatida hakam jangni to'xtatishiga sabab bo'ldi.
SHu tariqa, UFC bu yilga mo'ljallagan so'nggi turniri ham yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar