20 iyu 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCdagi vazn toifalaridan biri yopilishi mumkin
UFC prezidenti Dena Uaytning aytishicha, ikki vazn chempioni Amanda Nunes ketadigan bo'lsa, yarimengil vazn toifasi yopiladi.
"Katta ehtimol bilan biz Amanda Nunessiz yarimengil vazn toifasini davom ettirmaymiz. Men bu haqida menejerlarga ham aytdim.
Lekin u istagan ishini qilishi mumkin. U qirolicha. Yaqin orada uning farzandi tug'iladi va u farzand haqida qayg'uradi. U professional sifatida barcha narsaga erishdi va men so'ragan barcha ishni amalga oshirdi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar