08 iyu 15:33
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon 1/4 finaliga chiqqan Anisimova Top-10`talikda debyut qiladi
Ayni paytda dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Amanda Anisimova Londonda davom etayotgan Uimbldon turnirining chorak finalchisiga aylandi.
Amerikalik tennis malikasi 1/8 finalda WTA reytingida 27-pog'onadan joy olgan chexiyalik Linda Noskovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 5/7, 6/4. Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Ikki soatu ikki daqiqa davom etgan bahsda Anisimova 6, Noskova 11 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 6 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik Amanda tomonida bo'ldi - 5 ga 3. Amerikalik faoliyatida uchinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining ushbu bosqichiga etib keldi. U yangilangan reytingda Top-10`da debyut qiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar