24 mar 12:02
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon 2026 turnirining rasmiy posteri taqdim etildi + FOTO
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi 4 ta turnirdan biri - "Uimbldon" 29 iyundan 12 iyulga qadar London shahrida bo'lib o'tadi.
Musobaqa matbuot xizmati joriy mavsum turnirining rasmiy posterini taqdim etdi.
Uimbldon "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi musobaqalarning eng qadimgisi hisoblanib, 1877 yildan beri maysa qoplamali kortlarda o'tkazib kelinadi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning amaldagi g'olibi hozirda dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi italiyalik Yannik Sinner, ayollar o'rtasida esa jahon reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan polshalik Iga Svyontek hisoblanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar