11 iyu 12:14
Yangiliklar

Uimbldon. Dunyoning birinchi raketkasi finalga chiqa olmadi
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko 1/2 finalda WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovaga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 6/4, 4/6.
Asli kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan Amanda Arina Sobolenko uchun noqulay raqib bo'lib qolmoqda. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Anisimova 6:3 hisobida oldinda bormoqda.
Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 6, Anisimova 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Amandada ko'proq - 5 ga 4. Breyklar bo'yicha ustunlik ham amerikalik tennischi tomonida bo'ldi - 4 ga 3. 23 yoshli Anisimova faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri finaliga chiqdi. Endi u bosh sovrin uchun polshalik Iga Svyontekka qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar