12 iyu 07:43
Yangiliklar
Tennis
"Uimbldon" himoyasi yoki Olimpiada oltini? Alkaraz uchun qay biri muhim?
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz "Uimbldon"dagi chempionlik himoyasi yoki Parij-2024 Olimpiadasidagi oltin medalning ahamiyati haqida gapirdi.
"Qiyin savol. Olimpiya o'yinlari to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladi. Bu muhim turnir, chunki u erda nafaqat o'zing uchun, balki butun Ispaniya uchun o'ynaysan. Men Olimpiada oltinini tanlagan bo'lardim", - dedi Alkaraz.
Malumot uchun, Karlos Alkaraz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi. U 4 soatu 40 daqiqa davom etgan finalda serbiyalik Novak Jokovichni 1:6, 7:6 (6), 6:1, 3:6, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar