18 mar 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik taniqli bokschi YTH natijasida vafot etdi
Kecha Kiev viloyatida dahshatli yo'l transport hodisasi ro'y berdi.
Novoobuxovsk trassasi chorrahasida bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda kelayotgan Audi va Daewoo Lanos engil mashinalari to'qnashgan.
Buning natijasida Daewoo Lanos haydovchisi va yo'lovchi voqea joyining o'zida vafot etgan. Hayotdan ko'z yumganlardan biri ukrainalik taniqli bokschi Dmitriy Lisovoy bo'lgan. Bu malumot Ukraina boks federaciyasining facebook rasmiy sahifasida ham o'z tasdig'ini topdi.
Malumot uchun, Dmitriy Lisovoy ko'p karra Ukraina chempionati g'olib va sovrindori hisoblanardi. U -91 kg vazn toifasida "Ukraina atamanlari" jamoasi sharafini himoya qilgan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar