02 iyu 15:09
Yangiliklar
Taekvondo
Ulug'bek Rashitov: "Kelasi yilgi Jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilish uchun bor kuchimni beraman"
Taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, ikki karra Olimpiada o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov "Kazakhstan Open" xalqaro turnirida faxriy mehmon bo'ldi.
"Astanaga birinchi marta keldim. Juda chiroyli va o'ziga xos muhitga ega shahar ekan, menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.
Rostini aytsam, musobaqalarni tomoshabin sifatida kuzatish juda qiyin bo'ldi. Xayolan allaqachon qaytishimni tasavvur qilyapman. In SHa Alloh, kelasi yili Jahon chempionati aynan Astanada bo'ladi va men yana shohsupaga ko'tarilish uchun bor kuchimni beraman.
Qardoshlarimga samimiy mehmondo'stligi uchun katta rahmat", deb yozgan Rashitov o'zining Instagram sahifasida.
Ulug'bekning diskvalifikaciya muddati 2027 yil may oyida yakuniga etadi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar