05 apr 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Kremlyov Toshkentda Bahodir, Murodjon va yosh bokschilarimiz bilan ochiq mashg'ulot o'tkazdi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Xalqaro boks federaciyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlyov Toshkent shahrida bo'lib turibdi.
U yurtimizga tashrifi davomida matbuot anjumanida qatnashdi, bir necha TV kanallarga intervyu berdi, shuningdek kecha "Humo Arena"dagi boks oqshomini tomosha qildi.
U poytaxtimizdagi "Befit Pro" sport majmuasida ochiq mashg'ulotda qatnashdi.
Ushbu ochiq mashg'ulot davomida AIBA rahbari yosh bokschilarimiz bilan ham muloqot qildi va ularga omad tiladi. Ochiq mashg'ulotlarda u bokschimiz Bahodir Jalolov bilan birga ishladi. Terma jamoamiz murabbiylari esa mashg'ulot ishtirokchilariga ko'rsatma berib turishdi.
Tadbir yakunida bokschilarimizga maxsus boks qo'lqoplari sovg'a qilindi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar