31 iyu 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedovning UFCdagi debyuti haqida malumot berildi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning jiyani Umar Nurmagomedov UFC promoushenida debyut qiladi.
Kichik Nurmagomedovning debyuti shu yilning kuz oylariga mo'ljallanmoqda. Bu haqida sportchining menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"Rejamizga ko'ra, Umar sentyabr yoki oktyabr oyida oktagonga chiqadi", — deya Magomedovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, aslida Umar Nurmagomedovning UFCdagi debyut jangi 25 iyul kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo, Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti sabab ushbu jang bekor bo'lgandi. 24 yoshli Umar so'nggi jangini o'tgan yili Toshkentdagi GFC 20 kechasida o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar