10 sen 07:23
Yangiliklar
Tennis
US Open. Amaldagi chempionlar unvonlarini saqlab qolishdi
Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi juftliklar bahsida g'olib va sovrindorlar noma malum bo'ldi. Amerikalik Rajiv Ram va britaniyalik Jo Selisberi hamkorligi bu yil ham bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida niderlandiyalik Uesli Koolxof hamda britaniyalik Nil Skupski juftligini 7/6(4), 7/5 hisobida mag'lub etib, o'z chempionlik unvonlarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilishdi.
Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan US Open finalida Ram/Selisberi juftligi 4, Koolxof/Skupski hamkorligi esa 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirok Ram va Selisberiga 2000 reytingov ochkosi hamda 688,000 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar