02 sen 14:06
Yangiliklar
US Open. Arina Sobolenko ikkita matchboldan chiqib ketdi
Sayyoramizning oltinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko ikkinchi davrada ajoyib kambekni amalga oshirdi. Belaruslik tennischi WTA reytingida 34-pog'onada borayotgan estoniyalik Kayya Kanepiga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita matchboldan chiqib ketib, yakunda g'alaba qozondi - 2/6, 7/6(8), 6/4.
Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 2 ta, Kanepi esa 9 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Arinada 11, Kayyala 5 tani tashkil etdi. Belaruslik tennischi 4 ta, estoniyalik esa 5 ta breyk qayd etgan. Sobolenko o'zaro uchrashuvlardagi hisobni qisqartirdi - 1:2.
Takidlash joiz, birinchi setni boy bergan Sobolenko ikkinchi setda ham 1/5 hisobida yutqazayotandi. Avvaliga u muvozanatni tikladi, keyin esa ikkita matchboldan chiqib ketib, yakunda ajoyib g'alabani tantana qildi.
Endi Arina US Open uchinchi davrasida franciyalik Klara Byurelga qarshi kortga chiqadi. Klara o'z o'rnida belgiyalik Alison van Uytvankdan 6/4, 4/6, 6/4 hisobida ustun keldi.
Fikrlar