07 sen 09:17
Yangiliklar

US Open. Ayollar o'rtasidagi turnirda chempion aniqlandi. G'olib 5 mln dollarga ega chiqdi
Hal qiluvchi bahsda dunyoning birinchi raketkasi US Open turnirining amaldagi chempioni, belaruslik tennis malikasi Arina Sobolenko WTA reytingida 9-o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqdi. To'qson to'rt daqiqa davom etgan uchrashuvda Arina 6/3, 7/6(3) hisobida g'alaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mag'lubiyatga qaramay, Amanda tennischilarning o'zaro 10-uchrashuvidan keyin ham hisobda oldinda bormoqda - 6:4.
US Open finali statistikasi
Arina Sobolenko — 1 ta eys, 2 ta qo'shxato, 5 ta breyk
Amanda Anisimova — 4 ta eys, 7 ta qo'shxato, 4 ta breyk
Sobolenko faoliyatidagi 21-sovrinini qo'lga kiritdi. "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi chempionlik unvonlari 4 taga etdi. AQSH Ochiq chempionatida ketma-ket ikkinchi bor chempion bo'ldi. Nyu-Yorkdagi ikki haftalik mehnat Arinaga 2000 reyting ochkosi hamda 5 000 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Anisimova - 1300 ochko hamda 2 500 000 dollarlik bo'ldi.
Fikrlar