04 sen 11:29
Yangiliklar
Tennis

US Open. Iga Svyontek uchun musobaqa yakunlandi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Polshalik tennis malikasi biroz kutilmaganda WTA reytingida 9-o'rinni egallab turgan amerikalik Amanda Anisimovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 3/6. Asli kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan Amanda bu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tikladi - 1:1.
To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Anisimova 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Igada bittaga ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Breyklar bo'yicha esa Amanda ustunlik qildi - 4 ga 2. Anisimova faoliyatida ilk bor US Open 1/2 finaliga chiqdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar