06 sen 15:17
Yangiliklar
US Open. Karlos Alkaraz besh setda Marin CHilichni mag'lub etdi
Jahonning to'rtinchi raketkasi, 19 yoshli ispaniyalik tennischi Karlos Alkaraz AQSH Ochiq chempionatining to'rtinchi davra uchrashuvida g'alaba qozondi. Uning raqibi ATR reytingida 17-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Marin CHilich bo'ldi. Uchrashuvda 6/4, 3/6, 6/4, 4/6, 6/3 hisobida zafar quchgan Alkaraz turnirning chorak finaliga yo'l oldi. O'yin 3 soatu 56 daqiqa davom etdi.
Uchrashuv davomida Alkaraz uchta eys zarbasini amalga oshirib, to'rt bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va 6 ta breyk qayd etdi. CHilich esa 14 ta eys, 13 ta qo'sh xato va 5 ta breyk qayd etdi.
Endi turnirning chorak finalida Alkaraz italiyalik Yannik Sinnerga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga, 7 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar