06 sen 08:24
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/234538_220.jpg)
US Open. Rafael Nadalni to'xtatib qolishdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Rafael Nadal "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Ispaniyalik tennis afsonasi musobaqaning to'rtinchi davrasida ATP reytingida 26-pog'onadan joy olgan amerikalik Frensis Tiafoga 4/6, 6/4, 4/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Tiafo hisobni qisqartirishga erishdi - 1:2.
Uch soatu 32 daqiqa davom etgan bahsda Nadal 9 ta eys, 9 ta qo'shxato va 2 ta breyk qayd etdi. Tiafo esa 18 ta eys, 4 ta qo'shxato hamda 5 ta breykka erishdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar