12 iyu 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - CHisora jangi Matchroom Boxing kompaniyasi hovlisida tashkil etilishi mumkin
Promouter Eddi Xirnning malum qilishicha, Aleksandr Usik (17-0, 13 KO) va Derek CHisora (32-9, 23 KO) Matchroom Boxing kompaniyasi hovlisida o'zaro to'qnash kelishi mumkin.
"CHisora MMA bo'yicha jang qiladi deb o'ylamayman. Usik - CHisora jangi Matchroom Boxing hovlisida tashkil etilishi mumkin. Bu chiptalar orqali bir necha million ishlab olish mumkin bo'lgan jangdir", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xirn iyul - avgust oylarida kamida to'rtta jang oqshomi tashkil etmoqchi ekanligi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar