15 apr 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - CHisora jangi Saudiya Arabistonida o'tkazilishi mumkin
Britaniyalik menejer, taniqli promouter Eddi Xirnning aytishicha, 1 iyuldan ko'p davlatlar ommaviy tadbirlar, xususan musobaqalarni o'tkazishga ruxsat beradi.
Xirn so'zida davom etib, Aleksandr Usik - Derek CHisora hamda Entoni Joshua - Kubrat Pulev janglarining Angliya hududidan tashqarida o'tkazilish ehtimoli yuqori ekanligiga urg'u qaratdi.
"Saudiya Arabistoni o'z chegaralarini boshqalarga qaraganda ertaroq ochishi kutilmoqda. Hozirgi kunda biz uchun eng optimal variant aynan Saudiya bo'lib turibdi. Agar janglarni Britaniyada o'tkaza olmasak, u holda boshqa davlatlar variantini ko'rib chiqamiz", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar