20 mar 16:32
Yangiliklar

Usik Gassievga revansh berishga tayyor, faqat bitta sharti bor
Faqat buning uchun ukrainalik bokschining bitta sharti bor. Agar Gassiev shartga rozi bo'lsa, jang o'tkaziladi.
"Mendan Murat Gassiev haqida ko'p so'rashadi. Uni sportchi hamda inson sifatida hurmat qilaman. Tarbiyali inson. SHunday farzandni tarbiyalashgani uchun ota-onasiga rahmat. Unga qarshi yana bir bor ringga chiqamanmi? Agar bu jangda mantiq bo'lsa, nima uchun yo'q. Lekin ayni paytda men bu haqida o'ylayotganim yo'q. Mabodo bu ikkimizga ham foydali jang bo'lsa, men roziman", - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi 2018 yilning iyul oyida o'zaro to'qnash kelishgan. World Boxing Super Series finalidagi jangda Usik raqibini mag'lubiyatga uchratib, WBC, WBO, WBA va IBF kamarlari sohibiga aylangan edi.
Fikrlar