01 apr 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Joshua bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotganda Ukrainadan kelayotgan xabarlarni kuzatmasligini tan oldi
WVA, WVO, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rish chog'ida Ukrainadan kelayotgan xabarlarni kuzatmaslikka harakat qilishini aytdi.
"Vasiliy Lomachenko, Vladimir va Vitaliy Klichkolar bilan doimiy aloqadaman. Asosan mashg'ulotlarga etibor qaratishga harakat qilaman. Yangiliklarni kuzatib bormayman. Hamma do'stlarim telefonni o'chirib, mashq qilishimni aytimoqda. Ringda yaxshi harakat qilishimni kutishmoqda. Ukraina uchun bu muhim. Ibodat qilaman, bu yordam beradi.
Hozir meni boshqa hech narsa qiziqtirmaydi. Na kamar, va na boshqa narsa. Faqat Ukrainadan boshqa. Bor kuchimni mashg'ulotga sarflayman. Xalqim meni qo'llab-quvvatlagani singari, men ham qo'limdan kelganini qilaman. Jangdan keyin men Ukrainaga qaytaman", - deya Usikning so'zlarini keltiradi CHexiyaning CNN nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar