23 may 11:22
Yangiliklar
Usik Krishtianu Ronalduga murojaat qildi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik "Al-Nassr" sardori Krishtianu Ronalduni Saudiya Arabistoni chempionatidagi g'alabasi bilan tabrikladi.
"Krishtianu Ronaldu, sen yana bir bor haqiqiy chempion ekanligingni isbotlading. Seni va butun jamoani g'alaba bilan tabriklayman. CHempionlar!", deb yozdi Usik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi.
So'nggi 34-tur o'yinida "Al-Nassr" klubi "Damak"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi va klub tarixidagi 10-chempionlikni qo'lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu uchun bu sovrin Saudiya Arabistoni chempionatidagi birinchisi bo'ldi.
Saudiya Arabistoni chempionati yakuniga ko'ra, "Al-Nassr" 86 ochko jamg'arib, birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinda 84 ochko jamg'argan "Al-Hilol" joylashdi. "Al-Ahli" esa 81 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Fikrlar