15 mar 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Ukraina xalqiga yordam berish uchun eksklyuziv futbolkalarni sotuvga chiqardi +FOTO
Super og'ir vazn toifasida WVA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik eksklyuziv liboslar kollekciyasini sotuvga qo'ydi.
Uning savdosidan tushgan mablag'ni Ukraina halqi uchun sarflamoqchi.
Bokschi ingliz tilida Hands off Ukraine yozuvi tushirilgan futbolkani namoyish qildi.
"Ukrainadan qo'lingni tort. Biz shoshilinch yordamga muhtoj ukrainaliklarni qo'llab-quvvatlash uchun cheklangan kiyim sotuvga qo'ydik. Tushgan barcha daromad xayriya qilinadi", - deb yozadi Usik Instagramida.
Eslatib o'tamiz, Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirganidan so'ng Aleksandr Usik Kiev viloyat mudofaasi safiga qo'shilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar