26 mar 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Ukrainadan chiqib ketishi haqida ilk bor fikr bildirdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik ilk bor Ukrainadan chiqib ketayotganiga izoh berdi.
"Joshuaga qarshi revanshga tayyorgarlik ko'rishga qaror qildim. SHu tariqa, men Kiev ko'chalarida qurol bilan yugurib yurgandan ko'ra ko'proq mamlakatimga foydam tegishi mumkinligini tushunib etdim. Juda ko'p yaqinlarim qo'ng'iroq qilib, ketishim kerakligini aytishdi. Ezgulik yovuzlik ustidan doim g'alaba qozongan. Barchaga omad!", - deya fikr bildirgan Usik.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi aslida may oyida bo'lib o'tishi kerak edi. Vaziyat o'zgargani sabab endi chempionlik jangi yoz faslida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar