08 okt 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning superog'ir vazndagi ilk raqibi doping-testdan o'ta olmadi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik superog'ir vaznda debyut qiladi.
Afsuski, uning yangi vazn ilk jangdagi raqibi Tayron Spong doping tekshiruvdan o'ta olmadi. Spongdan olingan qon tahlili ijobiy natija bergan. Bu malumotni Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn ham tasdiqladi.
“Biz VADA tashkiloti bilan bog'landik. Ular haqiqatan ham Tayronning qon tahlili ijobiy natija berganini tasdiqlashdi. Endi Spongning doping-test tahlili Illinoys shtati Atletik komissiyasiga yuboriladi. Har qanday holatda ham jang o'tkaziladi, chunki bizda zaxira raqiblar bor”, - dedi Xirn o'zining Twitter tarmog'idagi sahifasida.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar