02 dek 14:51
Yangiliklar

Usmonov "MTK Global" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va Fyuri jamoadoshiga aylandi
2019 yilgi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan bokschi "MTK Global" kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
"So'nggi ikki yil ichida qozog'istonlik ko'plab murabbiylar tomonidan professional boksga o'tish bo'yicha takliflar bo'ldi. Javobim doimo bir hil bo'lgandi - murabbiyim bilan gaplashing. Endilikda murabbiyim "MTK Global"ni tavsiya qildi. SHu sababli ham biz shu erdamiz", - dedi Usmonov.
MTK Global skauti: "Kompaniyamiz bungacha o'zbekistonlik bokschilar - Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov va APB chempioni Xurshid Tojiboev bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Ular safiga Bahodurni ham qo'shib olganimizdan xursandmiz. Unda nafaqat Tojikiston va Osiyo, balki jahon miqyosidagi yulduz bo'lish imkoniyati bor", - dedi kompaniya vakili.
Fikrlar