22 apr 07:55
Yangiliklar

“Uzbek Tigers”: 3ta g'alaba va 3ta mag'lubiyat bilan guruhda ikkinchi bo'ldik
Unda Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoasi yurtimizning “Uzbek Tigers” bokschilarini qabul qildi. Bu jamoalarning Toshkentda o'tgan ilk jangida charm qo'lqop ustalarimiz 5:0 hisobida zafar quchishgandi.
Javob uchrashuviga murabbiylarimiz ikkinchi tarkibni olib borishdi. Boisi chorak final masalasi muddatidan avval hal qilib bo'lingan edi. SHunga qaramay, zaxiradagi bokschilarimiz ham ijobiy natija qayd eta olishdi.
Uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. “Uzbek Tigers” jamoasidan Abrorjon Qodirov va og'ir vazndagi Mirzobek Hasanov o'z janglarini g'alaba bilan yakunlashdi.
SHu tariqa, “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi “S” guruhida 3ta g'alaba va 3ta mag'lubiyat bilan 2-o'rinni egalladi. 11 ochkoga ega bokschilarimiz chorak finalda bosh mukofot uchun kurashni davom ettirishadi.
“Patriot Boxing Team” - “Uzbek Tigers” - 3:2
52 kg: Abrorjon Qodirov - Vyacheslav Tashkarakov 3:0
60 kg: Ulug'bek Do'smurodov - Konstantin Bogomazov 0:3
69 kg: Odiljon Aslonov - Artyom Zaycev 0:3
81 kg: Madiyar Saidrahimov - Pavel Silyagin 1:2
+91 kg: Mirzobek Hasanov - Artyom Suslenkov 3:0
Fikrlar