So’nggi yangiliklar

21:53Эркин курашчимиз Шерзод Поёнов жаҳон чемпиони! 0 19:36Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади 0 18:56Америкага борган Разамбек Жамалов чемпион Хамзат Чимаевни табриклади + ФОТО 0 18:35Энг кўпи собиқ чемпионда: UFC 319 турнири жангчилари қанча гонорар ишлаб олишгани маълум 0 18:14Хабиб Умар Нурмагомедовнинг навбатдаги жанги ҳақида хабар берди 0 17:53Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди 0 17:32Енгилмас Итаума Усикка "вызов" ташлади 0 17:11Академик эшкак эшувчиларимиз Литвадаги мусобақада шоҳсупага кўтарилишди + ФОТО 0 16:50Хоккей терма жамоаларимиз Татаристонда йиғин ўтказяпти, ўртоқлик ўйинларининг бирида 1:20 ҳисоби қайд этилди 0 16:29Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин 0 16:08Ўзбекистонлик жаҳон чемпионати совриндори Ливерпулдаги ЖЧда Озарбайжон шарафини ҳимоя қилади 0 15:47Танзила Нарбаева Қозоғистон Президенти томонидан мукофотланди 0 15:26Чимаев Абу-Дабидаги UFC 321 турнирида жанг қилиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 15:05Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум 0 14:44Жанг UFC 321 турнирига қайтарилди. Ташкилот хатосини тўғрилади 0

13 may 22:14
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores". Barcha janglar yakunlandi

Samarqandda boks bo'yicha "Uzbek Tigers" bokschilari kubalik raqiblariga qarshi jang o'tkazdilar.


22:16. Endi javob bahslari 19 aprel kuni Kubada bo'lib o'tadi.


22:15. SHu tariqa, bugungi janglardan olib borilgan matnli translyaciyamizni yakunlaymiz. To'qnashuvda bokschilarimiz 3:2 hisobida g'alaba qozondilar.


22:13. Hakamlarning qarori elon qilindi: Savon 3:0 hisobida Sanjar Tursunovni mag'lubiyatga uchratdi.


22:10. Vakilimiz jangni yutqazmoqda...


22:01. Tashabbus Savon tomonda. 


21:56. Afsuski, bokschimiz birinchi raundda 9:10 hisobida yutqazdi...


21:51. Sanjar Tursunovning jangini kuzatamiz. Uning raqibi Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi Erislandi Savon bo'ladi.


21:49. Va albatta Isroildan kutilgan salto!


21:48. G'ALABA!!! Isroil Madrimov Olimpiada chempionini mag'lubiyatga uchratdi!


21:43. Kubalik bokschi juda charchadi va klinch orqali vaqtni o'ldirishga urinmoqda. G'alaba naqd Isroilda!


21:38. Bokschimiz jangda yaxshigina ustunlikka erishmoqda. SHu tempni ushlab qolish kerak.


21:34. Ikkinchi raundda ham Madrimov g'olib! 


21:29. Birinchi raund yakunlariga ko'ra hakamlar bir ovozdan 10:9 hisobida Isroilning g'alabasini qayd etdilar. Yaxshi!


21:25. Isroil Madrimovning jangi boshlandi!


21:19. To'qnashuvdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldik - 2:1. Madrimov istasa ham, istamasa ham Olimpiada chempioni bo'lgan raqibini mag'lub etishi kerak!


21:15. Bokschimiz sezilarli farq bilan mag'lub bo'lmoqda. Unga ushbu jangda faqat va faqat nokaut yordam bera oladi!


21:11. Uchinchi raund tugadi. Tashabbus kubalik bokschi tomonda...


21:05. Afsuski, Xoldorov birinchi raundni boy berib qo'ydi. Harakatni kuchaytirish kerak...


21:01. Bokschimiz jangni faol o'tkazmoqda.


21:00. Endi Iqboljon Xoldorov ringga chiqdi.


20:57. Vakillarimiz 2:0 hisobida oldinga chiqib oldilar.


20:55. G'ALABA! Murodjon 2:1 hisobida g'alaba qozondi!


20:45. Uchinchi raund yakunlandi. Hozircha Ahmadaliev g'alaba qozonmoqda. U ketma-ket zarbalar seriyasi bilan raqibini muvozanatdan chiqarishga harakat qilmoqda.


20:38. Birinchi raund vakilimiz foydasiga hal bo'ldi!


20:34. Jang boshlandi!


20:33. Murodjonga bugun 20 yoshli Xaver Ibanes raqiblik qiladi.


20:31. Endi ringga Murodjon Ahmadaliev chiqib kelmoqda.


20:29. Do'smatov g'alaba qozondi! To'qnashuvda jamoamiz oldinga chiqib oldilar 1:0!


20:22. Hasanboy uch raund yakunlariga ko'ra oldinda bormoqda.


20:12. Do'smatov jangni yaxshi o'tkazmoqda.


20:04. Ringga Hasanboy Do'smatov chiqib kelmoqda.


20:00. Bugun quyidagi to'qnashuvlar guvohiga aylanamiz:

49 kg: Hasanboy Do'smatov - Joxanus Argilagos

56 kg: Murodjon Ahmadaliev - Xaver Ibanes

64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz

75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes

91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon


19:55. Assalomu alaykum hurmatli boks ishqibozlari. "O'zbek yo'lbarslari"ning navbatdagi jangidan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 may 23:15:41
Marco 11
Катта ехтимол билан Кубада булиб утадиган жангларда Узбек Юлбарслари Шу таркиб билан рингга чикишади
52 кг Жасурбек Латипов.
60 кг Елнур Абдураимов.
69 кг Шахрам Гиёсов.
81 кг Бектемир Меликузиев.
91 + кг Баходир Жалолов.
   
13 may 22:34:02
Ангрен
Кубага борадиган таркибимиз, тахмин: Аброржон Кодиров, Элнур Абдураимов, Шахрам Гиясов, Бектемир Меликузиев, Боходир Жалолов. Балки 52 кг да Жасурбек Латиповни хам куришимиз мумкин. +91 да эса Мирзобек Хасановнинг хам имконятлари ёмон эмас. Албатта бу шахсий фикр.
   
13 may 22:27:54
Ангрен
Болларга гап юк! Юткизиб куйганларга хам катта тажриба болди ва улар хам тажрибали ракибларига карши муносиб курашишди. Рахмат узбегим пахлавонлари.
   
13 may 22:05:26
Kaká
Eeexxxxx ...... Sanjarni tushirish kerakmidi ? OCh dayam buyodayam deyarli xech narsa qilolmadi.... 3:2 bosa agar Cubada qiyin bo`ladiii....
   
13 may 22:03:55
Bunyof Farkhodov
Isroil gap yo'q!!! Rosti o'yindan oldin cho'chib turgandim, ammo Isroil barchasini joyiga qo'ydi, super g'alaba!!!
   
13 may 21:54:40
Rasulbek...1998
OLLOHGA MING SHUKUR!!! o'z uyimizda yutdik. Endi Kubada ham munosib qarshilik ko'rsatamiz deb o'ylayman. Baribir kimsan Kuba boks federatsiyasi bn O'zbek boks federatsiyasini taqqoslash uchun munosib bo'lishning o'zi katta gap. Rahmat barcha murabbiylarga!!!
   
13 may 21:54:19
Rasulbek...1998
OLLOHGA MING SHUKUR!!! o'z uyimizda yutdik. Endi Kubada ham munosib qarshilik ko'rsatamiz deb o'ylayman. Baribir kimsan Kuba boks federatsiyasi bn O'zbek boks federatsiyasini taqqoslash uchun munosib bo'lishning o'zi katta gap. Rahmat barcha murabbiylarga!!!
   
13 may 21:54:14
Rasulbek...1998
OLLOHGA MING SHUKUR!!! o'z uyimizda yutdik. Endi Kubada ham munosib qarshilik ko'rsatamiz deb o'ylayman. Baribir kimsan Kuba boks federatsiyasi bn O'zbek boks federatsiyasini taqqoslash uchun munosib bo'lishning o'zi katta gap. Rahmat barcha murabbiylarga!!!
   
13 may 21:13:12
Kaká
Bunyof Farkhodov foydalanuvchining fikriga javob berish
Birinchidan svet yoq, 2-dan sport tv oberyaptimi? Sal yoritib turishsa bulardi, shunday ajoyib baxslarni
Sport TV obervotti. Saytda ham yoritib borilvottiku raundlar ham
   
13 may 20:34:05
Bunyof Farkhodov
Birinchidan svet yoq, 2-dan sport tv oberyaptimi? Sal yoritib turishsa bulardi, shunday ajoyib baxslarni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing