02 apr 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uzbek Tigers” guruhning so'nggi bahsini qachon va kimga qarshi o'tkazadi?
Butunjahon boks seriyasi (WSB) VII mavsumi doirasidagi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvlari 22 aprel kuni o'tkaziladi.
SHu kuni ketma-ket uchta ishonchli g'alabaga erishgan mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi guruhning so'nggi bahsini mehmonda Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilariga qarshi o'tkazadi.
22 aprel kuniga belgilangan jang ushbu guruhdan chorak finalga yo'llanma oladigan jamoa nomini aniqlab beradi. Kecha har ikki jamoa o'z janglarini g'alaba bilan yakunlashdi.
Rossiyalik bokschilar Qozon shahrida Xitoyning “China Dragons” jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etishdi. “Uzbek Tigers” jamoasi esa Toshkentda guruh peshqadami Qozog'istonning “Astana Arlans” bokschilaridan 4:1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar