20 jan 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Uzbek Tigers jamoasi raqibining tarkibi malum qilindi
Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida ishtirok etuvchi “O'zbek yo'lbarslari” (Uzbek Tigers) jamoasining raqiblaridan biri hisoblangan Russian Boxing Team jamoasining tarkibi malum qilindi.
Rossiya jamoasi guruhning ilk uchrashuvini o'z uyida Qozog'istonning Astana Arlans jamoasi bokschilariga qarshi o'tkazadi. Bu bahs 3 fevral kuni bo'lib o'tadi. Hozir joy manziliga oydinlik kiritilmagan.
Rossiya jamoasi tarkibidan Bator Sagaluev (49 kg), Maksim CHernishev (56 kg), Ratmir Abduraxmanov (64 kg), Maksim Koptyakov (75) va Sergey Kalchugin (91) joy olgan.
WSBturnirida jami 12ta jamoa ishtirok etadi. Rossiya va Qozog'iston jamoalari joylashgan guruhda, shunigdek, Xitoyning China Dragons hamda mamlakatimizning Uzbek Tigers jamoalari ham bor.
Ikkinchi bor ushbu musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz guruhning ilk uchrashuvini safarda Xitoy jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar