19 fev 09:05
Yangiliklar

“Uzbek Tigers” jamoasining navbatdagi jangi qachon bo'ladi?
Guruhimizdan o'rin olgan ikkinchi uchrashuvda Xitoyning “China Dragons” jamoasi o'z uyida Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilariga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Endi guruhda navbatdagi janglar 4 mart kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni “Uzbek Tigers” jamoasi Toshkentda “Patriot Boxing Team” bokschilarini qabul qiladi.
Ushbu boks oqshomi poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tadi. 3 mart kuni matbuot anjumani hamda bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etiladi.
Malumot uchun, ikkita
jangda g'alabaga erishgan “Astana Arlans” jamoasi guruh peshqadami bo'lib turibdi.
Keyingi o'rinlarni Rossiya va Xitoy jamoalari band etishgan. “Uzbek Tigers”
jamoasi so'nggi pog'onadan joy olgan.
Foto. sports.kz
Fikrlar