17 may 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12731_220.jpg)
"Uzbek Tigers" kubaliklar to'sig'idan o'ta olsa keyingi raqib kim bo'ladi?
"Uzbek Tigers" bokschilari WSBning ettinchi mavsumi chorak final doirasida Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga to'qnash kelganlar.
Dastlabki jang vakillarimizning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlanganidan xabaringiz bor. Agar vakillarimiz shu hafta Kubada bo'lib o'tadigan janglardan so'ng ham ustunlikni saqlab qola olsalar, yarim finalda "Italia Thunder" - "Colombia Heroicos" jangi g'oliblariga qarshi ringga chiqadilar. Italiyada bo'lib o'tgan dastlabki jangda mezbonlar ham huddi bizdek 3:2 hisobida g'alaba qozonganlar.
Eslatib o'tamiz, kubalik bokschilarga qarshi jang 20 may kuni 05:30 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar