So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

28 fev 08:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Uzbek Tigersning WSBdagi ishtiroki yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Teglar :  Uzbek TigersBoks
Avval xabar berib o'tganimizdek, Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning to'qqizinchi mavsumida ham qatnashadi.

Bugun bokschilarimizning mazkur turnirdagi ishtiroki yuzasidan AIBA vakili Karim Buzidi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov musobaqaning yangi mavsumidagi tizim, tashkiliy masalalar yuzasidan janob Karim Buzidi bilan fikr almashdi.

O'z navbatida AIBAdan tashrif buyurgan masul yangi tizim haqida gapirib berdi. Unga ko'ra, WSBning ushbu mavsumi 8 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Har bir vaznda ikki nafar bokschi Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'ladi.

SHuningdek, u suhbat davomida yurtimiz bokschilarining imkoniyatlari katta ekanligi, o'zbek boksi maktabi haqidagi iliq fikrlarini bildirib o'tdi. O'zbekiston haqiqiy boks mamlakati ekanligini aytib, bu mamlakatimizda WSBning O'zbekiston bosqichini tashkil etish imkoniyatini yaratib berishi haqida gapirdi. Ayni paytda bunday musobaqa Kuba va Venesuelada tashkil qilinadi. Tomonlar uchrashuv chog'ida ushbu musobaqaning O'zbekiston bosqichini ham tashkil etish yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing