So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

04 mar 17:53
Yangiliklar

Boks/MMA

“Uzbek Tigers” - “Patriot Boxing Team - 5:0. CHiroyli g'alaba!

Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida Butunjahon boks seriyasining ettinchi mavsumi doirasidagi markaziy janglardan biri bo'lib o'tdi.

World Series Boxing (WSB) musobaqasida ikkinchi marotaba ishtirok etayotgan mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiyaning “Patriot  Boxing  Team” bokschilarini sinovdan o'tkazdi.


BUGUNGI NATIJALAR: 

49 kg: Hasanboy Do'smatov - Bator Sagaluev - 3:0 (50:43, 50:45, 50:45)

56 kg: Abdulxay SHoraxmatov – Dmitriy SHarafutdinov - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)

64 kg: Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov - 2:1 (48:47, 46:49, 49:46)

75 kg: Isroil Madrimov - Rajab Rajabov - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)

91 kg: Zuhriddin Mahkamov - Islom Tekeev - 3:0 (50:45, 49:46, 50:45)

Malumot uchun, "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan edi. Bokschilarimiz avvaliga Xitoy, keyin esa Qozog'istonning "Astana Arlans" jamoasiga imkoniyatni boy berishgandi. 

O'ylaymizki, bugun mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'yiladi. Hasanboy Do'stmatov, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimovdan umidimiz katta. 


Abdulxay SHoraxmatov – Dmitriy SHarafutdinov - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)


18:48. Birinchi bo'lib ringga 56 kg vazn toifasidagi bokschilar ko'tarilishadi. Abdulxay SHoraxmatov raqibi Dmitriy SHarafutdinovni mag'lub etishga urinib ko'radi.

19:00. 22 yoshli SHarafutdinov ringga chiqib keldi.

19:04. Abdulxay ham ringda, unga omad tilaymiz. 


19:10. Birinchi raund yakunlandi. Teng kurash ostida kechgan jangga guvoh bo'ldik. 

19:12. SHoraxmatov ikkinchi raundni juda yaxshi o'tkazyapti. Bir nechta aniq zarbalar berdi va buning natijasida rossiyalik bokschi qiyin vaziyatga tushib qoldi. 

19:15. Ikkinchi raund to'laligicha Abdulxayga ataldi. Ana shu tempda davom etish kerak.

19:19. Uchinchi raund ham tugadi. Bu 3 daqiqalikda ham Abdulxayning zarbalari aniq va kuchli bo'ldi.

19:22. To'rtinchi raundda ham deyarli vaziyat o'zgarmadi. So'nggi raundda rossiyalik bokschi mo'jiza ko'rsatmasa, ilk jang "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi foydasiga hal bo'ladi. 

19:27. Abdulxay SHoraxmatov yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozondi.

19:28. Hakamlarning bir ovozdan 50:45, 50:45, 50:45 hisobida g'alabani hamyurtimizga taqdim etishdi 


Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov - 2:1 (48:47, 46:49, 49:46)


19:32. Jang boshlandi. Elnurga omad tilaymiz. Bu g'alaba biz uchun juda ham muhim

19:35. Birinchi raund yakunlandi. Raund kichik ustunlik bilan hamyurtimizning foydasiga hal bo'ldi

19:40. Ikkinchi raund rossiyalik bokschining ustunligida o'tdi. Bu borada muvozanat tiklandi.

19:44. Radmir uchinchi raundda ham kichik bo'lsada ustunlikka erishdi. Endi qolgan raundlarda Elnur vaziyatni o'zgartirmasa bo'lmaydi

19:47. To'rtinchi raund ham yakuniga etdi. Bu raundda bokschilar o'zaro zarbalar seriyasini almashishdi. So'nggi raundda katta ustunlik namoyish etmasa, bu jang bokschimiz tomonidan boy beriladi. 

19:53. Beshinchi raund yakunlandi. Havotir bor edi. Lekin hakamlar g'alabani hamyurtimizga taqdim etishdi. 


Isroil Madrimov - Rajab Rajabov - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)


19:58. Navbat Isroil Madrimovga. Bu bokschimizga ham omad tilaymiz. Uning raqibi Rajab Rajabov

20:00. Birinchi raund yaqqol ustunlik bilan Isroil Madrimov foydasiga hal bo'ldi

20:02. Malumot uchun, Isroil bu yildan vaznini o'zgartirdi. U vaznini ko'tarishga qaror qildi. 

20:05. Ikkinchi raund ham Madrimov foydasiga hal bo'ldi.

20:09. Uchinchi raundda ham hamyurtimiz yaqqol ustunlikka ega bo'ldi va 3 daqiqalikni o'z foydasiga hal qildi

20:13. To'rtinchi raundda ham vaziyat o'zgarmadi

20:15. Guruhimizdagi ikkinchi jang o'z yakuniga etdi. Unda Qozog'istonning "Astana Arlans" jamoasi xitoylik bokschilarni 5:0 hisobida mag'lub etishdi 

20:16. Jang yakunlandi. Unda hamyurtimiz yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozondi.  

20:17. Hakamlar 50:45, 50:45, 50:45 hisobida g'alabani haqli ravishda Isroilga taqdim etishdi. 

20:18. Keyingi janglar natijasidan qatiy nazar "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi muddatidan avval g'alabaga erishdi.


Zuhriddin Mahkamov - Islom Tekeev - 3:0 (50:45, 49:46, 50:45)


20:22. 91 kg vazn toifasidagi bokschilar ring markazida. Zuhriddin Mahkamovga muxlislik qilamiz

20:26. Birinchi raund yakunlandi. Unda 30:27 (10:9, 10:9, 10:9) hisobida hamyurtimiz zafar quchdi.

20:30. Ikkinchi raund ham Zuhriddinning ustunligida o'tdi. Hakamlar qaroriga ko'ra 30:27 (10:9, 10:9, 10:9) hisobida Mahkamov muvaffaqiyatga erishdi.

20:35. Uchinchi raund ham yakuniga etdi. Bu raundda ham 30:27 (10:9, 10:9, 10:9) hisobida hamyurtimiz zafar quchdi.

20:39. To'rtinchi raund ham tugadi. Bu 3 daqiqalikda ham hamyurtimizning ustunligi sezilib turdi. Hakamlar bu gal ham avvalgi raundlarda bo'lgani kabi 30:27 (10:9, 10:9, 10:9) hisobida bokschimizning g'alabasini taminlashdi. 

20:43. Nihoyat, jang yakunlandi. Besh raundning barchasida ustunlikka ega bo'lgan hamyurtimiz Zuhriddin Mahkamov raqibi Islom Tekeevni yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

20:44. Bokschimiz hakamlar qaroriga ko'ra 3:0 (50:45, 49:46, 50:45) hisobida zafar quchdi. 


Hasanboy Do'smatov - Bator Sagaluev - 3:0 (50:43, 50:45, 50:45)


20:47. Navbat Hasanboy Do'smatovga

20:51. Birinchi raund o'rtacha tezlikda o'tdi. Aniq zarbalar bo'yicha hamyurtimizda ustunlik ko'zga tashlandi. Olimpiada chempioni 30:27 (10:9, 10:9, 10:9) hisobida g'alaba qozondi.  

20:55. Ikkinchi raundni ham Do'smatov o'z nazorati ostida ushlab turdi va bu 3 daqiqalikni ham o'z foydasiga hal qildi. 

20:59. Uchinchi raundda rossiyalik bokschi biroz vaziyatni o'nglashga erishdi. Lekin raund hamyurtimiz foydasiga hal etildi 

21:02. To'rtinchi raund qarama-qarshi zarbalar almashinuvi bilan boshlandi va yakunda Olimpiada chempioni uni g'alaba bilan yakunladi. 

21:04. Beshinchi raund boshlandi. Bu bugungi boks oqshomini yakunlab beradi.

21:08. Hasanboy Do'smatov Rio Olimpiadasidan keyin o'tkazgan ilk rasmiy jangida ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. 

21.09. Rio Olimpiadasi chempioni 3:0 (50:43, 50:45, 50:45) hisobida g'alaba qozondi. 



Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 mar 17:48:55
Elyorbek
Элнур Абдураимов кеча хам аслида маглубиятга учраганди, тан олайлик хакамлар яккол бизга енбосди. Колган боксчиларимизга гап йук яккол устунлик билан ютишди, хеч кандай шубха колдиришмади. Аммо Элнур умуман жангга тайермасдикан хар томонлама жангни бой берди. Элнурни кули кутарилганда хамма хайрон колди, чунки хамма билиб турганди ютгизганини
   
05 mar 09:35:05
Ихтиёр
Чунки хитойга карши жангда элнур чикмаганди. Бунинг ун -1 олинади.
   
05 mar 02:06:11
Elyorbek
Nimaga bizda 3 ochko holos va ohirgi o'rindamiz . Ahir Hitoyda 2-3 hisobida mag'lub bo'lganmiz va buning uchun bizga 1 ochko berilishi kerak. Umumiy ochkolarimiz bugungi 3 ochko bilan 4 ochko bolishi kerak. Rossiyada 4 ochko chunki Qozoqlarga 2-3 ga yutqizishgan va Hitoyni yutishgan umumiy 4 ochkosi bor.Adminlar aniqlashtir berilar, iltimos!!!
   
04 mar 22:41:21
Catalonia
Anjancha zarbalaringdan seni Hasanbooooooy
   
04 mar 21:42:09
Farxodjon
Менга бугунги таркиб жуда ёкди,чунки бу боллар галаба учун астоидил курашадигон жангчилар эди,олимпиячилар хамма натижага эришиб булишди энди янни таркибни тарбиялаш керак менимча,бугунги жанглар жуда чиройли,боллоларга миннатдорчилигимни билдираман,офарин.
   
04 mar 21:18:22
Fetty
malades bugungi bollani eng kuchli tarkib dsa boladi
   
04 mar 21:18:03
Rasulbek...1998
This is Uzbekistan. These are Uzbeks. This is Uzbek Tigers!!!
   
04 mar 21:09:27
Fetty
xasanboy yutmasenam bomasti )))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing