20 fev 15:57
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" - "Patriot Boxing Team". O'zaro to'qnashuvlar qanday bo'lgandi?
Malumot uchun ushbu ikki jamoa bokschilari o'tgan mavsumda chorak final bahsida o'zaro to'qnash kelgandilar. O'shanda Ulyanovskda bo'lib o'tgan janglarda "O'zbek yo'lbarslari" 6:4 hisobida g'alaba qozongandilar.
Janglarda quyidagi bokschilar o'zaro to'qnash kelishgan:
(Ajratib ko'rsatilgan bokschilar janglarda g'alaba qozonganlar)
(Birinchi kun)
-49 kg: Bator Sagaluev - Hasanboy Do'smatov
-56 kg: Abdulhakim Batirov - Murodjon Ahmadaliev
-64 kg: Avak Uzlyan - Anvar Turopov
-75 kg: Aleksandr Agafonov - Bektemir Meliqo'ziev
-91 kg: Ilya Kvasnikov - Rustam To'laganov
Ikkinchi kun:
-52 kg: Vyacheslav Tashkarakov - SHahobiddin Zoirov
-60 kg: Jamal Batrutdinov - Elnur Abduraimov ( texnik nokaut bilan )
-69 kg: Albert Karibyan - SHahram G'iyosov
-81 kg: Imam Xataev - SHuhrat Abdullaev
+91 kg: Andrey Afonin - Mirzoxidjon Abdullaev
Umumiy hisob 4:6. "Uzbek Tigers" foydasiga! To'qnashuv chorak final doirasida o'tkazilgani uchun umumiy hisobda 10 ta jang o'tkazilgan.
Yangi mavsumdagi navbatdagi jang esa 4 mart kuni bo'lib o'tadi. Ishonamizki, bu safargi janglarda ham vakillarimiz g'alaba qozona oladilar!
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar