So’nggi yangiliklar

17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0

29 noy 07:11
Yangiliklar

Dzyudo

Uzbekistan Judo Tour musobaqasida g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi + FOTOGALEREYA

Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi "Yoshlik" arenasi mezbonlik qilgan, mukofot jamg'armasi 200 mln so'm bo'lgan Uzbekistan Judo Tour musobaqasi o'z yakuniga etdi.

To'rtta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri jamoalari dzyudochilari etakchilik qilishdi. Yakunda har ikki jamoa 2 tadan vaznda shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Azizbek Avazmurodov va Rifat Xudakov poytaxtliklar, Murodjon Yo'ldoshev hamda SHirinjon Yuldasheva esa mezbonlar safida oltin medalga ega chiqdi. Kumush medallar ham bir xilda bo'ldi - 1 tadan. Faqat bitta bronza medalining ko'pligi Xorazm viloyati dzyudochilarining umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashini taminladi.  

Kuchli uchlikka so'nggi paytlarda mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muntazam g'olib va sovrindorlar safidan joy olayotgan Jizzax viloyati jamoasi yakun yasadi. Sakkizta ishtirokchi jamoadan ettitasi kamida bitta medal qo'lga kiritgani raqobat qay darajada yuqori bo'lganini tasdiqlamoqda.        

 Uzbekistan Judo Tour g'olib va sovrindorlari:

-70 kg vazn toifasi 

1. SHirinjon Yuldasheva (Xorazm)

2. Xurshida Razzoqberdieva (Xorazm)

3. Nigina Saparbaeva (Xorazm) 

3. Farangiz Xojieva (Xorazm)


-81 kg vazn toifasi 

1. Murodjon Yo'ldoshev (Xorazm)

2. Obidxon Nomonov (Namangan) 

3. Nodir Mavlonberdiev (Xorazm)

3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)


-90 kg vazn toifasi

1. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)

2. SHohjahon Ahmadjonov (Jizzax)

3. Ramazon Allaberdiev (Toshkent shahri) 

3. Jasur Majidov (Qashqadaryo) 


+90 kg vazn toifasi

1. Rufat Xudakov (Toshkent shahri)

2. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri) 

3. Amir-Said Jeyliev (Toshkent viloyati) 

3. Bahrom Saidov (Buxoro)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing