04 noy 09:42
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Vankuver Olimpiada-2030 mezbonligi uchun ariza topshirishi mumkin
Vankuver hokimiyati 2030 yilgi qishki Olimpiadani o'tkazish uchun ariza berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Daily Hive.
Bu masala shahar kengashining navbatdagi yig'ilishida muhokama qilinadi.
SHahar kengashi azosi Melissa de Jenovaning so'zlariga ko'ra, o'yinlarni o'tkazish uchun katta iqtisodiy imkoniyatlar mavjud va bu masalada vankuverliklar uni qo'llab-quvvatlashiga umid bildirdi.
2010 yilgi Vankuver Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi rahbari Jon Ferlong shahar 20 yil oralig'ida nufuzli anjumanni o'tkazish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'ra olishiga ishonmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar