So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

04 dek 17:05
Yangiliklar

Futbol

Vaziyat og'irga o'xshamoqda. Afsonaviy Pelening salomatligi bilan nimalar sodir bo'lmoqda?

Teglar :  Pele
SHifoxonada ommani tinchlantirishga harakat qilishmoqda, ammo yomon xabarlar rad etilmayapti.


Braziliya jahon chempionati paytida nafaqat Neymar va jamoa, balki bosh futbol afsonasi bo'lmish Pelening hayoti uchun ham qayg'urmoqda. Yana 82 yoshli futbol qirolining sog'lig'i yomonlashgani haqida xabar yangradi. Bu xabarlar oldingisidan ham ko'proq qo'rquv solmoqda. Braziliya bilan birgalikda butun dunyo hayojonda. Kilian Mbappe "tvitter"da "Qirol uchun ibodat qilinglar" deb yozdi.

30 noyabrdayoq Pelening San-Pauludagi Albert Eynshteyn nomidagi klinikaga rejadan tashqari yotqizilgani malum bo'lgandi. ESPN Brazil "sobiq futbolchida tananing shishishi, shu jumladan yurak etishmovchiligi va ongning yomon ishlashi tashhisi qo'yilgan, shu sabab u mustaqil ravishda o'ziga g'amxo'rlik qila olmaydi" deb yozdi. Pele bungacha kimyoviy terapiya o'tkazdi va bu ijobiy natija bermadi. Unga tananing turli azolari saratoni, xususan yo'g'on ichakning shishishi tashxisi qo'yilgan. "Qirol" operaciyadan so'ng buyrak va prostata muammolariga duch keldi.

Ammo tarmoqda 2 dekabr kuni Pelening izohi paydo bo'ldi va bu ko'pchilikka pozitivlik ulashdi: "Do'stlar, men shifoxonada har oylik tashrifdaman. Doim pozitiv xabarlarni olish yoqimli. Qatarga va menga yaxshi kayfiyat yuborayotganlarning barchasiga rahmat. Kamerunga qarshi JCH-2022 o'yini oldidan Braziliya terma jamoasi muxlislari Pelega sog'lik tilangan katta banner tayyorlashdi.



SHunga qaramasdan, yoqimsiz xabarlar tarqalishda davom etdi. Eynshteyn nomidagi klinika vakillari tekshiruv natijalariga ko'ra, Peleda nafas yo'llari infekciyasi aniqlangani, u antibiotiklar bilan davolanayotganini malum qilishdi. SHu sabab bilan sobiq futbolchi kasalxonada yana bir qancha muddat qolishi kerak.

Reuters 3 dekabrda Folha de Sao Paulo'ga tayanib, dahshatli xabarni chop etdi. Manbaning xabariga ko'ra, kimyoviy terapiya kerakli natijani berishni to'xtatgan va bu jarayonlar to'xtatilgan. SHifokorlar yulduzli bemorga faqat palliativ yordam ko'rsatishmoqda: ular Pelega simptomlarni engishda yordam beradi va og'riqni enggilashtiradi, ammo kasallikning o'zini davolamaydi. Qayd etilishicha, ushbu yordam "progressiv va hayot uchun xavfli bo'lgan kasallik yoki holatga ega bo'lgan barcha bemorlar uchun ko'rsatiladi".



Vaziyat juda yomonga o'xshaydi. Biroq, 3 dekabr, shanba kuni Eynshteyn nomidagi klinika futbol qirolining sog'ligi bo'yicha yangi bayonot bilan chiqdi. SHunisi sezildiki, shifokorlar jamoatchilikni tinchlantirishga harakat qilishdi, ammo kimyoviy terapiya to'xtatilgani haqidagi xabarni rad etishmadi: "Pele hali ham muolajalar o'tamoqda va uning salomatligi barqaror. U infekciyani davolashga yaxshi munosabat qilmoqda. So'nggi 24 soat ichida yomonlashuv kuzatilmadi".

SHundan so'ng tarmoqlarda Pelening muxlislarga murojaati chiqdi: "Mening do'stlarim, barchangiz xotirjam va pozitiv bo'lishingizni xohlayman. Men kuchli, umidlarga to'laman va doimgidek davolanishga rioya qilyapman. Barcha olgan yordamim uchun tibbiy va hamshiralar jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Haqiqatdan ham Xudoga ishonaman va sizdan kelgan har bir sevgi xabari meni energiyaga to'ldiradi. Jahon chempionatida Braziliyani kuzatib boring! Hammasi uchun sizga rahmat".



Uch karra jahon chempioni bu safargi qiyin jangni ham yutadi. Huddi maydonda yutganidek. Pelening Braziliya JCH-2022ni ehtimoliy yutishini ko'ra olmaslik haqida esa odamning o'ylagisi ham kelmaydi.




Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing