So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

24 mar 09:35
Yangiliklar

Futbol

Venesuela bosh murabbiyi: "Munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman"

Venesuela bosh murabbiyi Osvaldo Viskarrondo Toshkent mezbonlik qiladigan FIFA Series turniri oldidan matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Men munosib bo'lmaganlarni terma jamoaga chaqirmayman. Ichki raqobatgina bizning darajamizni oshiradi. Hammamiz – shu erda yig'ilganlar va butun mamlakat 2026 yilga katta umidlar bilan qarayapmiz.

Venesuela boshqaruviga kelganimda aytganimdek, murabbiylar shtabining umidi yuqori va o'zining ilk Jahon chempionatida ishtirok etishni xohlayotgan mamlakat darajasiga mos bo'lishga harakat qilamiz.

To'g'risi, ko'p ishlashimiz kerak, xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Lekin mening va butun murabbiylar shtabining futbolchilar, rahbariyat, mamlakat va venesuelalik muxlislar oldidagi masuliyati yuz foiz, eng yuqori darajada. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilib, xalqqa quvonch ulashishga intilamiz", – dedi Viskarrondo.

Etiborga molik yangiliklardan biri – terma jamoa sardori va tarixidagi eng yaxshi to'purari Salomon Rondonning tarkibga kiritilishi bo'ldi.

Faxriy o'yinchilar borasidagi odatiy bahs-munozaralarga qaramay, Viskarrondo hujumchining klublaridagi so'nggi o'yinlarini yaqindan kuzatganini va u ayni paytda jismoniy tomondan ajoyib holatda ekanligini ishonch bilan aytdi. Murabbiy mart oyidagi yig'inda jamoani kutib turgan yangi chorlovda o'z hissasini qo'shishda davom etish istagini bildirgan Rondonning fidoyiligini yuqori baholadi.

Murabbiylar shtabi Yanxel Errera va Dani Pereyra mushak jarohatlari tufayli safdan chiqqanini, bu esa yarim himoyadagi taktik chizmani qayta ko'rib chiqishga majbur qilishini tasdiqladi. Ushbu tibbiy yo'qotishlarga Ender Echenike va Anxel Asuaxe ham qo'shildi – hujjatlar bilan bog'liq muammolar ularning o'rtoqlik o'yinlariga etib borishiga to'sqinlik qildi va natijada ular ham qaydnomadan chiqarildi.

Eslatib o'tamiz, Venesuela 27 mart kuni Trinidad va Tobago, 30 mart kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.

Avvalroq Per-Emerik Obameyang O'zbekistondagi bellashuvlar uchun rasmiy chaqiruv olgani, biroq taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing