24 avg 19:02
Yangiliklar
Vetnamda hamyurtimiz chempionlik kamari uchun ringga chiqadi, bugun u tarozidan o'tdi FOTOGALEREYA
Jami 8 ta jang o'tkaziluvchi boks oqshomiga District 7 Arena mezbonlik qiladi. Ana shu 8 ta jangning 3 tasi bevosita o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida kechadi.
Etiborlisi, oqshomning markaziy jangi ham aynan hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadi. Tajribali Olimjon Nazarov vakant bo'lib qolgan WBO Oriental chempionlik kamari uchun filippinlik Ivan Sorianoga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Olimjon Nazarov prof ringda 23 ta jang o'tkazib, 18 g'alabaga erishgan. Hisobida 11 ta nokaut bor. Beshta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Soriano ham Nazarov singari 23 ta jang o'tkazgan. Ana shu janglarning 20 tasida g'alaba qozongan, 20 tasi nokaut bilan. Hisobida 2 mag'lubiyat va bir durang bor.
SHuningdek, ushbu boks kechasida hamyurtlarimizdan SHoxruh Ashurov koreyalik Kang Seon Jongga, Ravshanbek SHermatov esa xitoylik Bing CHeng Zouga qarshi ringga chiqadi. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Fikrlar