20 mar 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Veyli Jang UFC reytingida SHevchenkoni ortda qoldirdi + FOTO
Xitoylik jahon chempioni Veyli Jang yangilangan UFC reytingida yuqorilashga muvaffaq bo'ldi.
Jang vazn toifasidan qatiy nazar PFP reytingida qirg'izistonlik jahon chempioni Valantina SHevchenkoni ortda qoldirib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Engil vaznda UFC chempioni 7 mart kuni ilk himoya jangini o'tkazdi va unda polshalik Yoanna Edjeychikni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Fevral oyida Ketlin CHukagyanni uchinchi raundda texnik nokautga uchratish orqali chempionlik kamarini himoya qilgan SHevchenko uchinchi o'ringa pastladi. Bu Valentinaning uchinchi chempionlik himoya jangi edi. Ikki vaznda jahon chempioni braziliyalik Amanda Nunes PFP reytingi etakchisi bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar