19 noy 08:15
Yangiliklar
VI Islom birdamligi o'yinlari. Medallarimiz 79 ga etdi, Erondan 6 ta "tilla"ga o'zib ketdik (To'liq jadval)
Medallar jamg'arish bo'yicha Turkiya terma jamoasi juda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularga hech kim eta olmasligi ancha oldin oydinlashib bo'lgandi. Turk qardoshlarimiz 65 ta oltin, 37 ta kumush, 28 ta bronza, jami 130 ta medal qo'lga kiritib ulgurishdi.
Ikkinchi o'rin uchun kurash keskinlashgan edi. Kechagi medallar shodasidan keyin Erondan 6 ta oltin medal tafovutida uzoqlashdik. O'zbekiston delegaciyasi 25 ta oltin, 29 ta kumush, 25 ta bronza, jami 79 ta medal jamg'arib, 2-o'rinni mustahkam band etgan. Eron delegaciyasi hisobida 19 ta oltin, 17 ta kumush, 23 ta bronza, jami 59 ta medal bor. Misr, Qozog'iston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Marokash, Nigeriya va Ozarbayjon terma jamoalari Top-10`talikdan joy olgan.
Markaziy Osiyo davlatlarining medallar jamg'arish bo'yicha o'rni:
2. O'zbekiston — 25 ta oltin, 29 ta kumush, 25 ta bronza
5. Qozog'iston — 11 ta oltin, 14 ta kumush, 16 ta bronza
19. Qirg'iz Respublikasi — 1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza
24. Afg'oniston — 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza
26. Tojikiston — 2 ta kumush, 3 ta bronza




Fikrlar