01 jan 15:46
Yangiliklar
Futbol
Vinisius yana irqiy haqoratlarga uchradi
"Real" futbolchisi Vinisius Junior yana bir bor irqiy kamsitishlarga duchor bo'ldi.
LaLiganing 15-turi doirasida "Valyadolid" - "Real" uchrashuvining yakuni arafasida madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 22 yoshli vingerni o'zgartirishga qaror qildi.
Vinisius zaxira o'rindig'i tomon yo'l olar ekan tribunadagilar uni irqiy haqoratlar orqali kuzatib qo'yishgan. Bunga javoban futbolchi bir qancha ishoralar ko'rsatgan. SHu boisdan tribunadan futbolchi tomon bir qancha buyumlar otilgan.
Bu holat Vinisius bilan birinchi marta kuzatilayotgani yo'q. Bunga qadar futbolchi "Barselona" (2021 yil 24 oktyabr), "Malorka" (2022 yil 14 mart) va "Atletiko" (2022 yil 18 sentyabr) bilan uchrashuvlarda ham irqiy kamsitilgan.
Havola :
Fikrlar