05 avg 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Virjil Ortis oktyabr oyida ringga qaytishni rejalashtiryapti, ehtimoliy raqib kim bo'lishi malum
Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion Virjil Ortis shu yilning oktyabr oyida ringga qaytishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda sportchining promouteri Oskar de la Xoyya malum qildi.
"Virjil jarohatidan forig' bo'lmoqda, hammasi yaxshi ketyapti. Biz uni oktyabr oyida ringga qaytarish uchun ishlayapmiz. Bu oktyabr oyining birinchi yoki ikkinchi dam olish kunlarida sodir bo'ladi. Agar uning vazn toifasidagi yigitlarga qarasangiz, u boksda navbatdagi yirik yulduz bo'lishga mukammal nomzod. Bu ajoyib divizion", deydi de la Xoyya.
Xorijiy manbalarning xabar berishicha, Virjilga keyingi jangida Kit Turman raqib bo'lishi ehtimoli katta.
Ortis so'nggi jangini fevral oyida hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar