24 iyu 12:45
Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Fayzullaev top-5 ligadagi klubga o'tadi deb umid qilgandim"
Avvalroq o'zbekistonlik yarim himoyachi Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tgani malum bo'lgandi.
"Istanbul Bashakshehir" "Manchester Siti" bilan chambarchas bog'langan bo'lsa-da, bu ko'p narsani anglatmaydi. Abbos o'tgan mavsum taslim bo'ldi deb ayta olmayman. Mavsum biz xohlaganchalik sermahsul bo'lmadi, lekin u baribir terma jamoa va klub uchun pas uzatdi, gol urdi.
Bu kelishuvdan CSKA va Abbos foyda ko'radi: yigit, ehtimol, eng kuchli ligaga o'tmagandir, lekin SHomurodov bilan birga o'ynaydigan ancha yaxshi klubga o'tgan. U yaxshi yigit, lekin men uning top-5 liga klubiga o'tishiga umid qilgandim. Abbos O'zbekiston terma jamoasining asosiy ishchi kuchlaridan biri, biz undan JCH-2026da muvaffaqiyat kutamiz!", – dedi Denisov.
Fikrlar