29 may 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Vitaliy Klichko: "Ukamga noto'g'ri maslahat berdim"
Ukrainalik sobiq bokschi Vitaliy Klichko ukasining Joshuaga qarshi jangida nima uchun mag'lubiyatga uchraganini aytib o'tdi.
"Men Vladimirga oltinchi raunddan so'ng noto'g'ri maslahat berdim. 7-8 raundlardan so'ng Joshua charchab, sekin harakat qilishini kutgandim. SHunda Vladimirda ko'proq imkoniyat bo'lardi.
U jangga texnik va jismoniy tomonlama tayyor edi va Joshuaga hujum qilishga deyarli imkon bermadi. Agar o'sha apperkot zarbasi bo'lmaganida Vladimir kamida ochkolar hisobiga jangni foydasiga hal qilardi", - deydi Vitaliy Klichko.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar