09 iyu 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko 6 oyda qancha mablag' ishlab topdi?
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Vladimir Klichko Forbes jurnali tomonidan eng ko'p haq oluvchi sportchilarning TOP-100taligiga kiritildi.
Uning 2017 yilning o'tgan davr mobaynida ishlab topgan mablag'i 21,5 mln dollarni tashkil qiladi. Bu bilan u umumiy ro'yxaning 98‑pog'onasidan joy oldi.
Vladimir Klichko ushbu summaning 17,5 mln dollarini britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangdan, qolgan 4 millionini esa biznes hamda reklamadagi daromadidan olgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar