05 sen 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko: “Povetkinning chempion bo'lishiga ishonyapman”
Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin o'z murabbiyini almashtirganidan so'ng faoliyatida ijobiy tomonga o'zgarish kuzatildi.
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni bo'lgan ukrainalik Vladimir Klichko bu vaznda aynan Povetkinning mutloq chempion bo'lish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
“O'ylashimcha, Povetkinning tajribasi va iqtidori superog'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lish uchun etarli. Boz ustiga, u murabbiyini almashtirganidan so'ng jismoniy holati hamda tezligini sezilarli darajada oshirdi”, - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Povetkin va Klichko o'rtasidagi jang 2013 yilning kuzida Moskva shahrida o'tkazilgan bo'lib, rossiyalik bokschining mag'lubiyati bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar