So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

09 okt 13:18
Yangiliklar

Futbol

Vlado Radmanovich: "Katanec bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz"

O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Vlado Radmanovich ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kun. Ertaga Jahon chempionati saralashi doirasida Eronga qarshi o'ynaymiz. Juda qiyin o'yin bo'ladi, sababi Eron kuchli terma jamoalardan biri. Bu jamoaga qarshi uch marta maydonga tushishga ulgurdik. Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Bo'lajak bahsda bosh murabbiy Srechko Katanec qatnasha olmaydi. Ammo biz yordamchilari uning yo'qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz", - dedi Vlado Radmanovich.

- Ertaga o'z uyimizda o'ynaymiz, shunday ekan hujumkor o'ynaymizmi yoki ehtiyotkor harakat qilamizmi?

- Taktik tayyorgarligimiz haqida gapirsak, bugun bo'ladigan so'nggi mashg'ulotdan keyin qaror qabul qilamiz. Futbolchilarning holatini ko'ramiz va hujumkor yoki himoyaviy o'ynaymizmi ko'ramiz. Balki ertaga biz 3 markaziy himoyachi bilan o'ynarmiz, balki 2 markaziy himoyachi bilan harakat qilarmiz. Balki 2 hujumchi bilan o'ynarmiz. 

- Oston O'runovning holati qanday? 

- Menimcha, barchasi joyida, u o'yinga tayyor. 

- O'tgan oydagi Qirg'izistonga qarshi o'yindan keyin asosiy muammolardan biri sifatida etakchi futbolchilarning klublaridagi kam o'yin amaliyotga ega bo'lishganini aytgandi. Bu oy o'zgarish bo'ldimi?

- Albatta o'zgarishlar bo'ldi, Otabek SHukurov masalan yangi klubga o'tdi va ko'proq o'ynamoqda. Boshqalar ham shunday, umuman olganda tarkibdagi barcha yigitlar ertangi o'yinga to'liq tayyorlar.

- Bugungi kunga kelib terma jamoada har bir poziciyada raqobat kuchli, nima deb o'ylaysiz eng kuchli poziciyamiz qaysi? 

- Bizda har bir chiziqda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Raqobat ham yaxshi darajada. SHu sababli biz futbolchilarimizga ishonamiz. 

- Srechko Katanecga sog'lik tilaymiz. Ertaga barchasini bosh murabbiy hal qiladimi yoki Sizlarmi? 

- Rahmat. Srechko Katanec bilan doimiy aloqadamiz, asosiy tarkib borasida va taktika borasida u bilan maslahatlashamiz albatta. U bilan videoaloqani ham amalga oshirdik, o'yin paytida ham 90 daqiqa davomida gaplashib turamiz. Agar nimadir yomon ketsa bosh murabbiy bilan darhol gaplashamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing