16 may 08:21
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol. Ayollar o'rtasida mamlakat chempioni nomi malum bo'ldi
Poytaxtimizda voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida XXV O'zbekiston chempionati bahslari yakuniga etdi.
Bu yilgi mavsumda oltita jamoa mamlakat chempionligi uchun kurash olib bordi. Bahslarda Andijon, Jizzax, Xorazm, «Bulung'ur» (Samarqand), SKIF (CHirchiq) hamda NDPI (Nukus) jamoalari etakchilik uchun kurash olib borishdi.
To'rtinchi tur yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning mavsumdagi yangi chempioni nomi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, mavsum davomida 58 ochko jamg'argan SKIF jamoasi mamlakat chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rindan 43 ochko to'plagan NDPI jamoasi joy oldi. Uchinchi o'rin esa Andijon jamoasiga nasib qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar